O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi

2019 yil 8 yanvar kuni soat taxminan 20:00 da, fuqaro  Y.Sh. Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro B.O.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani olib qochgan fuqaro Y.Sh. ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport  vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech