O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi

2019 yil 7 aprel kuni soat taxminan 23:10 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirobod tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Y.S.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan edi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro F.R. va A.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech