O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi

2018 yil 29 noyabr kuni soat taxminan 18:00da, noma’lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Dj.I.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro D.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech