Transport vositasini olib qochish jinoyati
Fargʼona viloyati: 2020 yilning 24 mart kuni Dangʼara tumani IIBga 38-yoshli fuqaro X.Sh. ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda uning Toshkent koʼchasidagi “Moʼmiyo” nomli dorixona roʼparasida qarovsiz qoldirilgan “Sobalt” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxslar olib qochib ketilganligini, birozdan soʼng ushbu avtomashina pachoqlangan holda “Аgrosanoat kasb-hunar” kolleji oldida topilganligini, shu bilan birga, avtomashina ichda boʼlgan 10.400.000 soʼm pullari oʼgʼirlab ketilganligini maʼlum qilgan.
Oʼtkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida mazkur jinoyatni 26-yoshli J.S. va 27-yoshli Yu.M.,lar sodir etganliklari aniqlanib, oʼgʼirlangan pullar tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, J.S. va Yu.M.,lar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun Jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq jazo qoʼllanilishi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti