O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holatda avtomobilni olib qochgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2021 yilning 18 may kuni soat 00:20 da nomaʼlum shaxs To‘rtko‘l tumani “G‘alaba” mahallasi hududida eshiklar ochiq holatda qarovsiz qoldirilgan 23 yoshli R.Kosimboyga tegishli “SPARK” rusumli transport vositasini olib qochib, ushbu transport vositasini To‘rtko‘l tumani “Paxtachi” OFY hududida qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni 25 yoshli K.Azamat mast holatda sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech