Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 8 fevral kuni soat taxminan 13:30 da, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyat Yakkabog’ tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro K.I.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani fuqaro E.M. olib qochganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti