Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 25 avgust kuni taxminan soat 16:00 dan 16:50 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Toshkent shahar Yunusobod tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.N.ga tegishli “VAZ-21061” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro M.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti