O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi

2019 yil 2 fevral kuni soat taxminan 06:00 dan 06:40 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Namangan viloyat Namangan shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.A.ga tegishli “VAZ-2106” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani fuqaro A.A. olib qochganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech