Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 31 mart kunidan 1 aprel kuniga o’tar kechasi no’malum shaxs Jizzax viloyat Jizzax shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.M.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro E.G’. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti