
Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 14 iyun kuni taxminan soat 12:00 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.U.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro I.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti