Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2019 yil 5 sentyabr kuni soat taxminan 16:00 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.G’.ga tegishli “Epica” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro Z.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti