O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan jinoyatchi ushlandi

2018 yil 15 avgust kuni soat 22:00da, noma’lum shaxs Sirdaryo viloyat Guliston shahridagi avtotururgohda eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan fuqaro R.T.ga tegishli “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini olib qochgan.

16 avgust kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida avtomashina topilib, ushbu jinoyatni SH.K. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech