Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi
2018 yil 21 oktyabr kuni soat taxminan 01:30da, noma’lum shaxs Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.J.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro Yu.G’. olib qochilgan avtomashinani Toshkent shahar Mirobod tumani hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti