O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi

2018 yil 4 dekabrdan 5 dekabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro V.B.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro Sh.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech