O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochish jinoyati fosh etildi

2018 yil 11 sentyabr kuni soat taxminan 00:20da, fuqaro S.M. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman hududida qarovsiz qoldirilgan fuqaro M.S.ga tegishli “Honda Accord” rusumli transport vositasining eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.

Ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan S.M. ushlandi va avtomashina Toshkent viloyati hududida texnik soz holda topildi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech