O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maktab o’quvchilarini qo’rqitib, uyali telefonlarini olib qo’ydi

2019 yil 12 yanvar kuni soat taxminan 17:30 da, noma’lum shaxs Farg’ona viloyat Farg’ona shahri hududida voyag yetmagan S.D. va X.S.larni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, ularning “Samsung” va “I Phone” rusumli uyali telefonlarini olib qo’yib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro O.J. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «а» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech