O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘irlangan 200 kg. yaqin go‘shtlar 500 ming so‘mga sotib yuborilganligi aniqlandi

Andijon shahri. 2023 yil 8 iyun kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida Andijon shahar Cho‘lponshox ko‘chasida joylashgan 39 yoshli U.Sh.ga tegishli bo‘lgan “Milliy taomlar” oshxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, u yerdan narxi 11,6 mln. so‘mlik 134 kg mol go‘shtini, 240 ming so‘mlik 8 kg tovuq son go‘shti(okorochka)ni, 682 ming so‘mlik 22 kg. butun tovuq go‘shti(gril)ni, 150 ming so‘mlik mol jigarini, 360 ming so‘mlik 40 dona sixlarga o‘tkazilgan shashlik go‘shtlarini, 240 ming so‘mlik barbekyu apparatini jami bo‘lib 13 mln. so‘mdan ortiq go‘sht mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni 33 yoshli A.N. va 35 yoshli N.J.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N. va N.J.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchilardan o‘g‘irlangan go‘sht mahsulotlarini nima qilganliklarini so‘ralganda ular ushbu go‘sht mahsulotlarini boshqa shaxslarga atiga 500 ming so‘m evaziga sotib yuborishganligini bayon etishgan.

Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

podpolkovnik S.Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech