O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘yda iste’mol qilingan spirtli ichimlik janjalga sabab bo‘ldi

2018 yil 5 sentyabr kuni soat taxminan 01:30da, SH.N., B.D. va N.U.lar spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda, Toshkent viloyat Angren shahrida joylashgan “Afsona” to‘yxonasi binosi orqa tomonida fuqaro A.S. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-do‘pposlab, og‘ir tan jarohati etkazishgan.

Natijada A.S. kasalxonaga yotqizilgan. SH.N., B.D. va N.U.lar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
104-moddasi 2-qismi “k” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech