Yana bir qonunga xilof ravishda qurol saqlash holati aniqlandiYana bir qonunga xilof ravishda qurol saqlash holati aniqlandi
Navoiy. 2020 yilning 20 aprel' kuni Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Xatirchi tumani "Tasmachi" MFYda yashovchi 45 yoshli U.R. o‘zining yashash uyida 2 dona ov qurollari va 9 dona patronlarni tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu ov quroli va patronlar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.
O‘tkazilgan sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra aniqlangan ikki qurolarning biri yaroqsiz bo‘lib, ikkinchi qurol esa 16 kalibrli “IjK” rusumli ov quroli ekanligi va 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan, ishlatishga yaroqli bo‘lgan 9 dona patronlari otish uchun yaroqli ekanligi anqilangan.
Holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-kismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti