Qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi. Ular orasida sheriklarini aldab g‘irrom qilayotganning siri fosh qilindi
Navoiy. 2020 yilning 15 iyul kuni soat 23:40 da IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 38 yoshli T.b., o‘zining tanishidan Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasida joylashgan xonadonni 450 ming so‘m pul evaziga 3 kunga ijaraga olib, ushbu xonadonda qimorxona tashkil qilib, tanishlari 57 yoshli Sh.X., 49 yoshli Sh.M., 39 yoshli O.J. va 34 yoshli A.J., lar bilan o‘zaro til biriktirgan holda ularga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini o‘ynab o‘tirgan vaqtlarida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Tadbir jarayonida, qimor o‘yini davrasiga tikilgan jami 6 mln. 54 ming so‘m, 900 AQSH dollari va 3 pachka o‘yin kartalari hamda fuqaro Sh.X., ning egnida bo‘lgan ko‘ylagining ichki qismiga o‘rnatilgan qimor o‘yinlari davomida o‘yin kartalarini yashirishga mo‘ljallangan maxsus qurilma ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining T.b.,ga nisbatan 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qimor o‘yinining qolgan ishtirokchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 191 va 54-moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMBga yuborilgan. Hozirda tergov harakatlarini Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti