Haydovchilik guvohnomasini qalbakilashtirgan shaxs qo’lga olindi
2018 yil 9 oktyabr kuni Buxoro viloyati Buxoro shahri hududida fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina viloyat IIB YHXB hodimlari tomonidan to’xtatilib, X.Sh.ning avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari tekshirilganda,uning haydovchilik guvohnomasi qalbaki ekanligi aniqlangan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur qalbaki haydovchilik guvohnomasi fuqaro X.Sh.ning o’zi tomonidan tayyorlanganligi ma’lum bo’lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi (soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti