O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘z qarzini so‘rab, kaltak yegan yigit

Farg‘ona viloyati. 2022 yil 25 sentyabr kuni Yozyovon tumani Oqshom ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.X. Farg‘ona viloyati IIBning “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 00:30 larda uning tanishi 22 yoshli Yo.J.dan bo‘lgan 400.000 so‘m qarzdorligini qaytarib berishini so‘ragan vaqtida u o‘zining tanishlari Farg‘ona shahar Yakkatut ko‘chasida yashovchi 32 yoshli E.Sh., 30 yoshli Q.J. va 20 yoshli X.X.lari bilan uni Farg‘ona shahar Qirguli mavzesidagi sanoat zonasiga olib borishib, uning hayoti va sog‘lig‘iga zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishib, yonida bo‘lgan 57.000 so‘m pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, nomaʼlum tomonga qochib ketishganligini maʼlum qilib, Yo.J. va boshqalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yo.J., ye.Sh., Q.J. va X.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan A.Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech