Telefoningni yangisiga almashtirib beraman...
Farg‘ona viloyati. 2022-yil 8-sentabr kuni Yozyovon tumani Maʼnaviyat ko‘chasida yashovchi fuqaro 42 yoshli Y.Z. “102” xizmatiga murojaat qilib, 3-sentabr kuni soat 14:30 larda nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan farzandi 17 yoshli Y.M.ni telefon apparatini boshqa telefon apparatiga almashtirib berishini aytib, aldab Marg‘ilon shahar Navro‘z ko‘chasiga olib borib, qo‘llari bilan qorin qismiga 1-2 marotaba urib, tan jarohati yetkazib, unga tegishli bo‘lgan 1 dona narxi 1.500.000 so‘m bo‘lgan “RED MI-9 T” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan tortib olib, nomaʼlum tomonga qochib ketganligi, nomaʼlum shaxsni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yetkazilgan moddiy zararni undirishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Yozyovon tumanida yashovchi, voyaga yetmagan 17 yoshli M.M. sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan talonchilikka qo‘l urganligi aniqlanmoqda.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
kapitan A.Avalbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti