O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir kunda ikki avtomashinani olib qochgan shaxsga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin

Namangan viloyati. 2022 yil 8 sentyabr kuni soat 01:00 larda Chust tumani Maʼrifat ko‘chasida yashovchi 33 yoshli B.D. Chust tumani IIB navbatchilik qisimga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni soat 00:30da unga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasi nomaʼlum shaxs tomonidan, yashash uyi oldidan olib qochib ketilganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Chust tumani “Dasht” ko‘chasida yashovchi 16 yoshli A.A. sodir qilganligi aniqlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani Namangan shahar Navoiy ko‘chasi hududiga tashlab, nomaʼlum tomonga qochib ketganligi aniqlangan.

voyaga yetmagan A.A.ni ushlash choralari ko‘rilib, Chust tumani markazida “VAZ-2106” rusumli avtomashinani boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ushbu avtomashina kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida oydinlik kiritilganda A.A. ushbu kuni “Matiz” rusumli avtomashinani tashlab, soat 08:00 larda Chust tumani “Pansada” MFYga borib, shu mahallada yashovchi 22 yoshli K.A.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashina yashash uyi oldida eshigi ochiqligi va kaliti o‘zida ekanligidan foydalanib olib qochganligi aniqlangan.

Shu kunni o‘zida voyaga yetmagan A.A Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan S.Berdiyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech