Qo‘shni hovlidagi o‘rikzor
Namangan viloyati. 2023 yil 16 may kuni soat 10:00 larda 52 yoshli M.I. Norin tumani Obod ko‘chasida joylashgan hech kim yashamaydigan hovlisidan xabar olish maqsadida borgan vaqtida hovlisiga ekilgan o‘rik daraxtiga Obod ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 12 yoshli M.T. chiqib o‘rik isteʼmol qilayotganligini ko‘rib, unga “Nima sababdan o‘rik daraxtiga chiqib o‘riklarni isteʼmol qilyapsan, devordan o‘tib, uni buzib yuboryapsanlar, pastga tush” deb turli xil so‘zlar bilan so‘kkan vaqtida voyaga yetmagan M.T. uni gaplaridan so‘ng pastga tushib qochib ketayotgan paytida M.I. unga “To‘xta” deb qo‘lida bo‘lgan toshni otgan vaqtida tosh bosh qismiga tegib tan jarohati yetkizganligi aniqlangan. Natijada voyaga yetmagan M.T. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
podpolkovnik S.Shirbacheyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti