O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mingbuloqda dökondan 24 ta telefon öğirlandi

Namangan viloyati. Joriy yilning 15-noyabr kuni 1993-yilda tuğilgan fuqaro A.J. Mingbuloq tumani IIBning «102» qisqa raqamiga murojaat qilib, şu kuni tuman markazidagi özi faoliyat yuritadigan «SAMSUNG» nomli savdo dökoniga noma’lum şaxs yaşirin ravişda kirib, umumiy qiymati 10 135 AQŞ dollari bölgan turli rusumdagi 24 dona telefon apparatini öğirlab ketganini ma’lum qilgan.

Murojaat asosida tergov-tezkor guruhi zudlik bilan hodisa joyiga çiqqan. Hodisa joyi közdan keçirilib, dökonga örnatilgan kuzatuv kameralaridan işga aloqador videoyozuvlar hamda boşqa aşyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Mingbuloq tumanida yaşovçi, 2012-yilda tuğilgan, 9-sinf öquvçisi Yu.M. sodir etgani aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida Yu.M. yaşaydigan xonadondan 24 dona telefon apparati tekşirib köriş uçun aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Yu.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b» va «g» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan «voyaga yetmaganni kuzatuv ostiga oliş» ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli ota-onalar, farzand tarbiyasiga befarq bölmang!

Zero, ota-ona nazorati — farzand kelajagi uçun muhim kafolat.

Tergov departamenti

Text to speech