O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yarim soatlik sayirning oqibati 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lishi mumkin

Namangan viloyati. 2023 yil 02 aprel kuni “Zarafshon” MFYda yashovchi 66 yoshli S.N. Namangan viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 01:00larda nomaʼlum shaxs unga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini yashash xonadoni oldida qarovsiz eshiklari ochiq va kaliti o‘zida qoldirib ketganligidan foydalanib, olib qochib ketganligi maʼlum qilib, avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida mazkur avtomashina Namangan shahrida joylashgan jarima maydoniga joylashtirilganligi maʼlum bo‘lib, ushbu holatga aniqlik kiritilganda joriy yilning 02 aprel kuni soat 01:30da mazkur avtomashina Namangan viloyati IIB YPX inspektori tomonidan to‘xtatilganida haydovchi avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligi sababli jarima maydoniga joylashtirilganligi aniqlangan.

Qonunbuzarlarning shaxslariga aniqlik kiritilganda ular voyaga yetmagan 16 yoshli A.I. o‘zining tanishi voyaga yetmagan 16 yoshli Yu.I. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib mazkur jinoyatni sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan A.I. va Yu.I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “B” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchilar so‘roq qilinganida, ular ushbu avtomashina egasining nevarasi bilan birga uqishlarini va uning bobosining eski avtomashinasining eshiklari qulfamasligini bila turib, ushbu avtomashinada shunchaki sayr qilib kelishmoqchi bo‘lganligini bayon etishgan.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech