50.000 AQSH dollariga teng moʻjazgina uy...
Toshkent shahar. 2023 yil yanvar oyida 33 yoshli K.B. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga oldindan tanishi bo‘lgan Turkiya fuqarosi 39 yoshli Z.T.ni ishonchiga kirib unga Toshkent shahri markazidan xonadon olib berishini aytib, uni aldab 50.000 AQSH dollariga moʻjazgina uy topganligini aytib, uy uchun dastlabki to‘lov sifatida bankdan hisob raqam ochib avvaliga yanvar oyida 10.000 AQSH dollari, keyinchalik mart oyida hisob raqamga 40.250 AQSH dollari tushirishga erishib Z.T.dan jami bo‘lib 50.250 AQSH dollarini olib, unga uy olib bermasdan bergan vaʼdasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmasligingiz uchun, birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti