Namanganda olib qochilgan avtomashina jarima maydonchasidan topildi
Namangan viloyati. 2023 yil 12 may kuni Namangan shahar Sheroziy ko‘chasida yashovchi 50 yoshli A.B. Namangan viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda soat 01:00 larda nomaʼlum shaxs unga tegishli, xonadoni oldida qarovsiz qoldirilganidan “Damas” rusumli avtomashinasini nomaʼlum tomonga olib qochib ketganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsni aniqlashda va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida soat 02:30 da mazkur avtomashina nomaʼlum shaxs tomonidan boshqarib kelayotgan vaqtida Namangan viloyati YPX inspektori tomonidan to‘xtatilib, haydovchidan tegishli hujjatlari so‘ralganida mazkur avtomashina voyaga yetmagan 16 yoshli D.D. tomonidan tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurilgan aniqlanib, jarima maydoniga shu kunni uzida joylashtirilganligi aniqlangan.
Yuqoridagi voyaga yetmagan shaxs nima sababdan ushbu avtomashinani hujjatlarsiz boshqarib ketayotkanligiga aniqlik kiritilganda mazkur avtomashina voyaga yetmagan 16 yoshli D.D. o‘zining tanishi 16 yoshli R.Sh. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib olib qochilganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan D.D. va R.Sh.larga nisbatan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti