O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryoda mast xoldagi erkak olib qochilgan avtomashinada ariqqa tushib ketdi

Sirdaryo viloyati. 2023 yil 13 may kuni 38 yoshli M.F. Sirdaryo tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 12 may kuni soat 18:00larda o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli “NEXIA-3” rusumli avtomashinasida o‘zining tanishi 39 yoshli A.J bilan birga Sirdaryo tumanida joylashgan choyxonaga borib, u yerda birga spirtli ichimliklar isteʼmol qilganlaridan so‘ng choyxonadan chiqib, avtomashinasida “Buyuk-turon” ko‘chasida joylashgan tanishining xonadoniga borib, u yerda mast holatda uxlab qolib, kechasi soat 04:00larda uyqudan uyg‘onib, ko‘chaga uy oldiga qo‘yib qo‘ygan “NEXIA-3” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxslar olib qochib ketilganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni jabrlanuvchining tanishi 39 yoshli A.J. uning xonadonida mast xolda uxlab qolganligidan foydalanib, shimining cho‘ntagidan avtomashinaning kalitini olib, aylanib kelish maqsadida transport vositasini olib qochib, keyinchalik esa mast holda bo‘lganligi sababli boshqaruvni eplay olmay avtomashinada beton ariqqa tushib, yo‘l transport hodisasi sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Sirdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor B.Z.Xamdamov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech