O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Boshqa yo‘lovchilarni kutishni istamagan mijoz avtomashinani olib qochdi

Navoiy viloyati. 2023 yil 17 may kuni soat 03:35 larda 35 yoshli R.F. Navoiy viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda u “NEXIA” rusumli avtomashinasida “Navoiy-Qiziltepa” yo‘nalishi bo‘yicha kirakashlik qilish uchun yo‘lovchi kutib turgan vaqtida nomaʼlum bir erkak kishi kelib uni Qiziltepa tumani markaziga olib borib quyishini so‘raganligini, u rozi bo‘lganidan so‘ng mijoz avtomashinaga o‘tirganligi, u esa boshqa yo‘lovchilarni izlashni davom ettirganligini, biroq ushbu mijoz uning avtomashinasiga o‘tirib, uni boshqa yo‘lovchilarga chalg‘iganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochganligini, ushbu shaxsni aniqlashda va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashinani Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 187-km oralig‘ida nomaʼlum shaxs tomonidan boshqarib ketilayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Ushbu shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Qiziltepa tumanida yashovchi “Shizoaffektiv buzilishi aralash tipi” tashxisi bilan Asab va ruhiy kasallikliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 34 yoshli K.I. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech