O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Begona mashinada sayr qilmoqchi bo‘lgan shovvoz o‘z niyatinini amalga oshira olmadi

Sirdaryo viloyati. Joriy yilning 9 may kuni soat 02-10larda Sirdaryo tumani Ixlos ko‘chasida yashovchi 30 yoshi T.Sh. ichki ishlar organlarining “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, unda shu kuni Toshkent shahridan “NEXIA-1” rusumli avtomashinani sotib olib, soat 01-30larda Sirdaryo tumani Paxtakor MFYda joylashgan “Selmag” nomli savdo do‘konining yoniga kelib, ushbu do‘konga avtomashina eshiklarini qulflanmasdan va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirib, 1-2 daqiqaga kirib ketgan vatiida nomaʼlum shaxs uning avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan avtomashina Sirdaryo tumani Shirin MFY hududida joylashgan avtomashinalarga gaz qo‘yish shoxobchasidan aniqlanib, so‘ngra ichki ishlar xodimlari tomonidan qonunbuzarning shaxsiga oydinlik kiritilganda, ushbu shaxs Sirdaryo viloyatida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi jizzaxlik 20 yoshli T.U. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzar protsessual tartibda ushlangan.

Tergov jarayonida qonunbuzardan nima sababdan ushbu jinoyatni sodir etkanligi so‘ralganda, shu kuni mast holatda yuqorida ko‘rsatilgan do‘kon oldiga kelib, do‘kon oldida eshiklarini qulflanmasdan va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirib ketilgan avtomashinani ko‘rib qolib ushbu avtomashinada dam olish kunlari Jizzax viloyatga borib kelish uchun olib qochib ketkanligi maʼlum qilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar !

Moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinangizni qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Aks holda arzimagan eʼtiborsizlik ham yuqoridagi kabi salbiy holatlar ro‘y berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech