O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kunduzi o‘ylangan reja tunda amalga oshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2023 yil 16 may kunidan 17 may kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Nukus shahri T.Qayipbergenov ko‘chasida joylashgan uyning oldida 39 yoshli R.D.ga tegishli bo‘lgan “Tracker-1” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashina Nukus shahri Boz ovul mahallasi hududidan oqib o‘tib turgan “Dosliq” kanali bo‘yiga tashlab ketgan holatda topilib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirilib hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Nukus shahri Taxtako‘pir ko‘chasida yashovchi 17 yoshli  voyaga yetmagan K.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchidan jabrlanuvchiga tegishli avtomashinani nima sababdan olib qochganligi so‘ralganda, u shu kuni kunduz vaqti T.Qayipbergenov ko‘chasida bo‘lgan “Tracker-1” rusumli avtomashinasini eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilganligini ko‘rib, ushbu avtomashinadan o‘g‘irlik qilish maqsadida uni ichiga kirganligini, ammo uning ichida qimmat baho narsalarini yo‘qligini ko‘rib avtomashinada qoldirib ketilgan qo‘shimcha kalitini uzi bilan olib ketib, so‘ngra esa tungi vaqti o‘sha joyga qaytib kelib avtomashinani mazkur kalit bilan ochib olib qochganligini bayon etgan.

 Hozirda K.B. O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “a” bandi va 169-moddasi 3-qismi “a” (o‘g‘irlik) bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib,  unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech