Pichoqbozlikka olib kelgan ustalar o‘rtasidagi janjal
Toshkent viloyati. 2022 yil 8 sentyabr kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Qo‘shyog‘och ko‘chasida yashovchi 29 yoshli A.A., o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Bekobod shahrida yashovchi 45 yoshli X.D. bilan Yangiyo‘l tumani Samarqand ko‘chasida joylashgan uyning hovlisida taʼmirlash ishlari olib bora turib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolishib, janjal vaqtida X.D. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan A.A.ni o‘ng tomoni yon ko‘krak qafasi sohasiga sanchib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Natijada A.A. olgan jarohati bilan Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida X.D. shu kunning o‘zida ushlanib, unga nisbatan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi
podpolkovnik S.S. Shirbacheyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti