O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Folbin emas, firibgar!

Samarqand viloyati. 2022 yil 8 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilib, unda xolasi 59 yoshli B.l. o‘zini diniy tabib ekanligi, onasi 67 yoshli B.g.ni davolash kerakligini aytib, ishonchiga kirib, uni davolash uchun diniy tomondan zakot sifatida onasini nomida bo‘lgan Samarqand shaharida joylashgan qiymati 200.000 AQSH dollari bo‘lgan uyni o‘tkazib berishni aytib, ushbu uyni o‘zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora kurishligni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech