O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘ziga xulosa chiqarmagan 18 yoshli yigit qonun oldida yana javob beradi

Jizzax viloyati. 2022 yil 29 yanvar kuni Sh.Rashidov tumani Yoshlik mahallasida yashovchi 42 yoshli M.S. Jizzax shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning yanvar oyida o‘zi ish boshqaruvchi bo‘lib ishlovchi “DRENAJ MELIORATSIYA” MCHJga tegishli Jizzax shahar A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino yerto‘la qismida saqlanayotgan umumiy narxi 37.200.000 so‘mlik bo‘lgan ikki dona pivo apparati, bir dona konditsioner va boshqa turdagi temir mahsulotlari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax shahar Bobur mahallasida yashovchi muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan 18 yoshli A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan bir dona gaz ballon va boshqa turdagi temir mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan "Qamoqqa olish" tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech