Buxorodagi bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro. 2020 yilning 02 iyul kuni soat 14:00 da 27 yoshli Sh.V., jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahar Gazlishox ko‘chasida joylashgan Buxoro avtoshohbekati tashqi tomonida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mazkur bekatda kirakashlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 33 yoshli X.A., ni hech bir sababsiz yuz qismiga qo‘li bilan qasddan urib, X.A., ga sog‘lig‘ining qisqa muddatga, ya'ni olti kundan ko‘p ammo yigirma bir kundan kam bo‘lmagan muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan «ENGIL» tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.V., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar qonun bilan taqiqlangan har bir xatti-harakat qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi, shu bois o‘zingiz va oila a'zolaringizning taqdiriga befarq bo‘lmang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti