O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buloqboshilik og‘ufurushlar ushlandi

Andijon. 2020 yil 01 may kuni soat 19:30 da Buloqboshi tumani IIB JQB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Buloqboshi tumanidagi «Istirohat bog‘i»da fuqaro 49 yoshli A.B., 1,9 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 750.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro A.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro A.B. o‘zining ko‘rsatuvlarida “gashish” giyohvandlik vositasini joriy yilning 01 may kuni 45 yoshli G.U.,dan sotib olganligini ma'lum qilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida, G.U.ning yashash xonadoni yotoqxonasidagi temir qutidan 1,4 gramm va ayvondagi ko‘rpa ostidan 0,5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.   

Hozirda A.B. va G.U.,lar JKning 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlanganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech