O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hujjatlarsiz avtomashina boshqarib ketayotgan shaxs ikki piyodani urib yubordi

2018 yil 27 avgust kuni Farg‘ona viloyat Furqat tumanida A.E. tegishli hujjatlarsiz “Neksiya” rusumli avtomashinani Qarmoq qishlog‘i hududida harakatlanib, piyodalar E.X. va D.M.larni urib yuborgan.

Natijada E.X. jarohat olib hodisa joyida vafot etgan, D.M. kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech