O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uchquduqda sodir boʼlgan YTHda 2 nafar shaxslar vafot etgan

Navoiy. 2020 yilning 22 sentyabrь kuni soat 17:00 da 21 yoshli N.D., boshqaruvida boʼlgan “Lacetti” rusumli avtomashinada “Uchquduq-Navoiy” yoʼnalishi boʼylab harakatlanib ketayotganida Uchquduq tumani xududidan oʼtgan А-379 yoʼlining 282 km.da boshqaruvni yoʼqotib qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketishi oqibatida ushbu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli J.J., ning boshqaruvida boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashina bilan toʼqnashib, yoʼl- transport hodisasini sodir etgan.
Natijada “Nexia” rusumli avtomashinada boʼlgan yoʼlovchilar 26 yoshli S.M. va 57 yoshli R.D., (ayol) lar hodisa joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yoʼlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech