O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fargʼonada olib qochilgan avtomashina topib berildi, jinoyatchi ushlangan.

Fargʼona. 2020 yil 11 may kuni soat 17:40 da 33 yoshli D.X. (ayol) Fargʼona shahar IIO FMB navbatchilik qismiga murojaat qilib, shu kuni soat 17:30 da nomaʼlum shaxs Fargʼona shahar, А.Qodiriy koʼchasida joylashgan bozorcha chetida turgan, oʼziga tegishli boʼlgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilib, nomaʼlum shaxsni topib, unga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.

Tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida olib qochilgan avtomashina Fargʼona shahar А.Qodiriy koʼchasida joylashgan taʼlim muassasasi old tomonida ochiq holatda qoldirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 28 yoshli I.А., sodir etganligi aniqlanib, I.А., ga nisbatan ayb eʼlon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech