Tergov jarayonida yana bir jinoyat fosh etildi.
Samarqand. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi boʼyicha, 2020 yil 17 yanvarь kuni taxminan soat 13:00 larda, Poyariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida oʼtkazilgan tintuv jarayonida, mato boʼlagiga oʼralgan holatda 16,4 gr. opiy (koʼknor) giyohvandlik vositasi hamda yotoqxonadagi sandiqning ichidan tegishli hisobga qoʼyilmagan, ekspertiza xulosasiga koʼra otish uchun yaroqli boʼlgan 1 dona “MS-20” rusumli qoʼsh otar qurol va uning 3 dona oʼqlarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Poyariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (Giyovandlik vositalari oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 248-moddasi 1-qismi (Qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.