O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarshida ikki nafar fuqaroga nisbatan firibgarlik sodir etgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi.

2019 yil oktyabr' oyi boshlarida, 32 yoshli Zafar Z. tanishi 40 yoshli K.X.ning ishonchiga kirib, o‘z yer maydonida qurilish ishlarini bajarish uchun 2019 yil dekabr' oyigacha qaytarish sharti bilan 7.000.000 so‘m pullarni olib, va'dasini bajarmasdan  o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.  

Bundan tashqari, u 34 yoshli Sh.N. ning ishonchiga kirib, o‘zining tanishlari orqali 350 AQSh dollari evaziga Qarshi shahrida joylashgan qurilish ob'ektlariga ishga kiritib qo‘yishini aytib, Sh.N.dan 350 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Zafar Z.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining  2020 yil 03 fevral' kunidagi hukmiga ko‘ra, Zafar Z. aybdor deb topilib, tergov jarayonida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini inobatga olib, unga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech