O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtomashina oldi-sotdisi boʼyicha kelishuvni buzib aldagan fuqaroga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Jizzax. 2019 yilning iyulь oyidan 2020 yil fevralь oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida 34 yoshli M.F., oʼzganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, Gʼallaorol tumanida yashovchi 3 nafar fuqarolar bilan turli rusumli avtomashinalarni oldi-sotdisi boʼyicha kelishuvga erishib, ulardan jami 65.100.000 soʼm pullarini oldindan olib, turli bahonalar qilib avtomashinalarni ushbu fuqarolar nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pullarni ham qaytarmay oʼzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Gʼallaorol tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (koʼp miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech