Qamashilik chorva mollari savdosi bilan shugʼullanuvchi shaxsga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
Qashqadaryo. Qamashi tumanida 38 yoshli B.K., 2019 yilning iyulь oyidan 2020 yiling may oyigacha boʼlgan vaqt oraligʼida 5 nafar faqarolarning ishonchiga kirib, ulardan narxi jami 147.925.500 soʼm boʼlgan chorva mollarini pullarini boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotib olishini vaʼda qilib, chorva mollarni aldash yoʼli bilan qoʼlga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmay pullarni oʼzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan B.Q., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash choralari koʼrilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti