Poplik ikki qoʼshni birgalikda oʼgʼirlikka qoʼl urishdi
Namangan. 2020 yil 08 maydan 09 mayga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Pop tumani Vodiy MFY hududida joylashgan 34 yoshli F.J., ga tegishli doʼkonga eshik qulfini buzish yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 1.000.000 soʼm va 200 АQSh dollari naqd pul hamda 7.000.000 soʼmlik xoʼjalik va oziq-ovqat mahsulotlarini oʼgʼirlab, hodisa joydan yashiringan.
Holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 29 yoshli O.А. va qoʼshnisi 27 yoshli А.E., lar sodir etganliklari aniqlanib, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. O.А. va А.E., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti