
To’yxonada jinoyat sodir etildi
2018 yil 13 noyabr kuni soat taxminan 15:00da, fuqaro M.M. Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida joylashgan “Samo” to’yxonasida fuqaro Q.R. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning boshiga tosh bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Q.R. kasalxonaga yotqizilgan. M.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti