To’yxonada jinoyat sodir etildi
2018 yil 11 oktyabr kuni soat taxminan 11:30da, fuqaro X.F. Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan “Kesganterak” to’yxonasida tanishi P.F. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada P.F. kasalxonaga yotqizilgan. X.F. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti