O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

YTH oqibatida “Cobalt” rusumli avtomashinasi yonib ketdi!

Аniqlanishicha, 2019 yil 14 noyabr kuni taxminan soat 03:50 larda 25 yoshli M.T. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Jizzax viloyati hududidan oʼtuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yoʼlining 956 km.da, Toshkent yoʼnalishidan Termiz yoʼnalishiga tirkamasi bilan qayrilib olayotgan 34 yoshli haydovchi А.N.ning boshqaruvidagi “Man TGX L200746001” rusumli yuk mashinasiga kelib urilib, yoʼl transport hodisasi sodir etgan. YTH vaqtida “Cobalt” rusumli avtomashinasida yongʼin kelib chiqishi oqibatida avtomobil toʼliq yonib ketgan.

Natijada, “Cobalt” avtomashinasi yoʼlovchilari 32 yoshli S.Ye. hodisa joyida, voyaga yetmagan 3 yoshli А.А. esa Sardoba tuman tibbiyot birlashmasida koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganlar. Haydovchi M.T. turli tan jarohatlari bilan Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko'ra qo'shimcha axborot beriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Tayyorladi: kapitan J.Qodirov

Text to speech