Yo‘l transport hodisasi oqibatida avtomashina butunlay yonib ketdi!
2019 yil 22 noyabr kuni taxminan soat 00:30 larda fuqaro 32 yoshli A.T. boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman Annaruz mahalla hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor-Samarqand yo‘lining ta'mirlash ishlari olib borilayotgan, yo‘l qatlami nam bo‘lgan ob-havo yog‘ingarchilik sharoitida 109 km.ga kelgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqib ketishi oqibatida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli B.T.ning boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada, haydovchi A.T.ning boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasi to‘liq yonib ketgan hamda A.T.ning o‘zi olgan tan jarohatlari yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan.
Shu bilan birga B.T.ning o‘zi va uning avtomashinasida yo‘lovchi sifatida harakatlangan Tojikiston Respublikasi fuqarosi 33 yoshli B.Sh. tan jarohatlari olgan bo‘lib, unga hodisa joyining o‘zida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qurbonlar yo'q.
Holat yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti